Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Marsda shamol ovozi qanday? (video)

Marsda shamol ovozi qanday? (video)

O‘tgan hafta Marsga qo‘ngan AQShning Mars InSight stansiyasi ilk bor Qizil sayyoradagi shamol ovozini yozib, uni Yerga jo‘natishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda NASA direktori Jim Braydenstayn ma’lum qildi. 

“Insonlar avval hech qachon Marsdagi shamol ovozini eshitishmagan! Mars InSight yozib olgan Marsdagi shamol ovozini tinglab ko‘ring”, deb yozgan Braydenstayn tvitterda.

NASA’da ta’kidlanishicha, 1 dekabrda stansiya datchiklari tezligi 5 m/soniyadan 7 m/soniyagachani tashkil qilgan shamolning past chastotali ovozini yoza olgan. “Missiyamizning vazifalaridan biri Marsdagi harakat ko‘rsatkichlarini o‘lchashdan iborat”, deb aytgan Marsni tadqiq qilish dasturi rahbari Bryus Banerdt.

Mars InSight stansiyasi 480 mln km masofani bosib o‘tib o‘tgan hafta Marsga qo‘ngan. U Qizil sayyoraga qo‘nganidan 7 daqiqa o‘tib u yerdan sayyoramizga ilk fotosuratni jo‘natgan. 

Yaratilishiga 828 mln dollar sarflangan avtomatik stansiya 5 may kuni Kaliforniyadagi Vandenberg kosmodromidan uchirilgan.

Kiritildi: 11:21 08.12.2018. O'qildi: 2319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!