Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Marokashlik futbolchilar dengizda bedarak yo‘qoldi

Marokashlik futbolchilar dengizda bedarak yo‘qoldi

Marokashning “Ittihad Tanjer” futbol klubi futbolchilari yaxtadagi sayohat davomida dengizda g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Moroccoworldnews xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, yaxta bortida besh kishi bo‘lgan, ulardan to‘rt nafari Marokashning “Ittihad Tanjer” klubi futbolchilari, beshinchi kishi esa boshqa klubda o‘ynayotgan yana bir futbolchi bo‘lgan.

Sportchilar suzish uchun dengizga sakragan, biroq kuchli shamol ularning kemaga qaytishiga to‘sqinlik qilgan. Yaxta esa shamol sabab boshqa tarafga ketib qolgan.

Qidiruv ishlari davomida ikki futbolchi qutqarib olindi. Ikki nafar —Abdelatif Ahrif va Salman El-Harrak bedarak yo‘qolgan.

“Ittihad Tanjer” prezidenti Muhammad Cherkaoui futbolchilardan biri vafot etgani haqidagi mish-mishlarni rad etib, qidiruv ishlari hamon davom etayotganini qayd etdi.

“Biz uchun ibodat qiling, qolgan futbolchilar haqida yaxshi xabar eshitish umidida ertalabgacha shu yerda qolamiz”, — dedi u ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida.

Kiritildi: 18:43 08.07.2024. O'qildi: 1113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!