Parlament a’zosi Marlen Mamataliyev Qirg‘iziston Jogorku Kengashi (Parlament)ning yangi raisi etib saylandi.
Qirg‘iz ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, bu qaror bugungi parlament yig‘ilishida qabul qilingan.
Yashirin ovoz berishda parlamentning sakson uch a’zosi ishtirok etdi. Mamataliyev nomzodini 77 nafar parlament a’zosi qo‘llab-quvvatladi, besh nafari qarshi ovoz berdi va bitta byulleten haqiqiy emas deb topildi.