Liberiya markaziy bankidan 104 million dollar miqdoridagi mablag‘ yo‘qoldi, deb xabar berdi TASS nashri.
Biroq uning qayerga va qanday g‘oyib bo‘lgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Manbaning xabar berishicha, mazkur voqeaga oydinlik kiritilmagunicha 15 nafar mansabdor shaxslarga mamlakatdan chiqish taqiqlandi. Ular orasida mamlakatning sobiq prezidenti Ellen Jonsonning o‘g‘li ham bor.
Hozirda bank boshqaruvchisi va bir necha xodimlar tergov qilinmoqda. Hozircha tergovdan biror samara bo‘lgani yo‘q. Pullar o‘g‘rilar tomonidan olib ketilmagani aniq. Ammo bu haqda hali biror aniq ma’lumot yo‘q.
Manba: darakchi.uz