Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Mark Sukerberg "Facebook" xodimlariga "iPhone"dan foydalanishni taqiqladi

Mark Sukerberg "Facebook" xodimlariga "iPhone"dan foydalanishni taqiqladi

"Facebook" rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq mansabdorlaridan faqat "Android" operasion tizimida ishlaydigan smartfonlardan foydalanishni talab qildi. Bu haqda "The New York Times" nashri xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, bu qaror 2018 yil martida "Apple" rahbari Tim Kuk "MSNBC"ga bergan intervyusida "Facebook"ni tanqid qilganidan so‘ng qabul qilingan.

O‘shanda Tim Kuk "Facebook"ni shaxsiy ma’lumotlarning chiqib ketishiga doir "Cambridge Analytica" kompaniyasi bilan bog‘liq mojaro uchun tanqid qilgan va "Apple" foydalanuvchilarning “shaxsiy hayoti bilan savdo qilmoqchi emas”ligini bildirgan edi.

"Facebook" kompaniyasi vakillari "The New York Times"da chiqqan maqolaga munosabat bildirdi. Qayd etishlaricha, xodimlar va rahbarlarning "Android"dan foydalanishga o‘tishi qo‘llab-quvvatlanadi, chunki bu “jahondagi eng ommabop operasion tizim”. Shunga qaramay, "Facebook"ning bir qator menejerlari "Twitter"ga "iPhone" orqali xabar yozayapti.

Manba: turon24.uz

Kiritildi: 07:31 16.11.2018. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!