NATO Bosh kotibi Mark Ryutte AQShning Eronga qarshi amaliyotini qo‘llab-quvvatlashi bilan Yevropani g‘azablantirdi, deb yozmoqda Financial Times diplomatlarga tayanib.
«Mark Ryuttening yevropalik ittifoqchilar AQSh Prezidenti (Donald Tramp)ning Ormuz bo‘g‘oziga harbiy-dengiz kuchlarini joylashtirish haqidagi chaqirig‘iga quloq tutish uchun yakunda "birlashishi" haqidagi bayonoti bir nechta Yevropa poytaxtlaridagi rasmiy shaxslarning noroziligiga sabab bo‘ldi», — deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, Ryuttening so‘zlari NATO ichidagi keskinlikni, ayniqsa energiya inqirozi fonida kuchaytirgan, shuningdek, diplomatlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Yevropani «o‘ta noqulay va og‘ir ahvolga» solib qo‘ygan.