Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

«Mark Robert» nukuslik erkakni 165 million 323 ming so‘mga chuv tushirdi

«Mark Robert» nukuslik erkakni 165 million 323 ming so‘mga chuv tushirdi

Nukus shahridagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan G.P. internet tarmog‘i orqali «Mark Robert» ismli shaxs bilan tanishib qoladi. Notanish shaxs unga AQShda joylashgan nufuzli kompaniyaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, ishonchiga kiradi.

Sodda va ishonuvchan yurtdoshimiz iyun-avgust oylari mobaynida hujjatlar, viza, yo‘lkira va boshqa «xarajatlar» uchun jami 165 million 323 ming so‘m pul mablag‘ini xalqaro pul o‘tkazmalari orqali Nigeriya davlatidagi hisob raqamlariga o‘tkazib yuboradi. Tabiiyki, firibgar shu kunga qadar bergan «va’da»sining ustidan chiqmaydi.

Ayni paytda jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:11 23.12.2019. O'qildi: 2298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!