Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado AQSh prezidenti Donald Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti medalini topshirishini bildirdi.
Amerika yetakchisi mukofotni qabul qilganmi yoki yo‘qmi, aniqlik kiritmadi, chunki u bu mukofotni olish istagini bir necha bor bildirgan edi.
"Menimcha, bugun biz, venesuelaliklar, uchun tarixiy kun", dedi Machado Tramp bilan birinchi yuzma-yuz uchrashuvidan so‘ng.
Avvalroq Nobel qo‘mitasi mukofotni boshqa odamga taqdim etish mumkin emasligi haqida bayonot bergan. Tramp esa qator urushlarni to‘xtatgannini aytib mukofotga da’vo qilib keladi.