Qora dengiz floti qo‘mondoni admiral Viktor Sokolov ishtirok etgan kadrlar Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilindi.
Avvalroq Sevastopoldagi Qora dengiz floti shtab-kvartirasi binosiga uyushtirilgan hujum natijasida qo‘mondonning halok bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqalgandi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Harbiy departament hay’atida so‘zlagan nutqining bir qismi 26 sentyabr kuni vazirlik telegram-kanalida chop etildi. Shoyguning nutqi davomida admiral Sokolov ham vazirning murojaatini tinglayotgani ko‘rinadi.
Bir kun avval Ukraina Qurolli kuchlarining maxsus vakili Viktor Sokolovning Sevastopoldagi Qora dengiz floti shtab-kvartirasi binosiga uyushtirilgan zarba natijasida halok bo‘lganini da’vo qilib chiqqandi. U bilan birga 34 nafar rossiyalik zobit halok bo‘lgani, yana 105 nafar harbiy xizmatchi yaralangani aytilgan. Rossiya tomoni bu ma’lumotlarni tasdiqlamagan.