Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Manchester Yunayted» qishki transferlar vaqtida 2 himoyachisini sotib yuboradi

«Manchester Yunayted» qishki transferlar vaqtida 2 himoyachisini sotib yuboradi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi qishki transferlar vaqtida 2 himoyachi — Erik Bayi va Markos Roxoni sotib yuboradi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Mankunianlar 2 himoyachi sotuvidan kelib tushgan mablag‘ga yangi futbolchi sotib oladi. Asosiy nomzodlar ham ma’lum: Tobi Alderveyreld («Tottenhem») hamda Milan Shkrinyar («Inter»).

Shuningdek, Aleksis Sanches ham jamoani tark etishi mumkin. Ammo unga hozircha birorta klub qiziqish bildirmagan. Sabab sifatida futbolchining klubda katta maosh olishi ko‘rsatilmoqda.

Amaldagi mavsumda Bayi «Yunayted» safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi, Roxo esa birorta o‘yinda ishtirok etmadi.

Daryo.uz

Kiritildi: 15:21 13.11.2018. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!