Klublar hozircha kelishuvning barcha jihatlarini oshkor etishmadi, ammo «MYu» 25 yoshli ushbu xavbek uchun 60 million yevro atrofidagi mablag‘ to‘lashi ma’lum bo‘lgan.
Braziliyalik futbolchi «qizil iblislar» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi, uning yillik maoshi miqdori 5 million yevroga teng bo‘ladi.
Tayanch yarim himoyasida harakat qiluvchi Fred «Shaxtyor»da 5 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi – u doneskliklar klubiga 2013 yilda «Internasyonal»dan kelib qo‘shilgan. Braziliyalik xavbek konchilar jamoasi safida jami 155 o‘yin o‘tkazib, jami 15 gol urgan va 15 golga uzatma bergan.