Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Manchester Siti» Germaniya terma jamoasi ustozini nishonga oldi

«Manchester Siti» Germaniya terma jamoasi ustozini nishonga oldi

«Manchester Siti» Xosep Gvardiolaning klubdan ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rib, turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

«TEAMtalk» jurnalisti Grem Beylining ma’lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmannni taklif qilish variantini o‘rganmoqda. 38 yoshli mutaxassis Manchester klubi rahbariyatida ijobiy taassurot uyg‘otgan.

Nagelsmann 2023 yilda Germaniya terma jamoasini boshqarishni boshlagan edi. 2025 yilning yanvarida u amaldagi shartnomasini 2028 yil yozigacha uzaytirdi. Shuningdek, murabbiy faoliyati davomida «Xoffenxaym», «RB Leypsig» va Myunxenning «Bavariya» klublarini boshqargan. U «Bavariya» bilan Bundesliga g‘olibi va ikki karra Germaniya Superkubogi sohibiga aylangan. 2017 yilda Nagelsmann Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Kiritildi: Bugun 09:18. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!