Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Manba: Mourinyo va «Real» o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi

Manba: Mourinyo va «Real» o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatida ikkinchi bor Madridning «Real» klubini boshqarishi mumkin.

Diario AS nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisning agenti Jorje Mendesh so‘nggi soatlarda Madrid klubi rahbariyati bilan aloqaga chiqqan. Ma’lum qilinishicha, agent o‘z mijozining xizmatlarini «qirollik klubi»ga taklif qilgan va Mourinyoning «Benfika» bilan shartnomasini bekor qilish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon puli miqdorini ham ochiqlagan.

Ayni damda Madrid klubida Alvaro Arbeloaning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi va klub rahbariyati yangi mavsum uchun tajribali murabbiy qidiruviga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogida zafar quchishgan. YECHLdagi eng yaxshi natija esa ketma-ket uch mavsum davomida yarim finalgacha yetib borish bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 18:39. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!