Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Manba: Andijon shahri hokimi ishdan olinadi

Manba: Andijon shahri hokimi ishdan olinadi

Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev ishdan olinadi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, 26 avgust kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishda Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilinadi va shaharning yangi hokimi tanishtiriladi.

Dilmurod Rahmatullayev 2016 yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelayotgandi.

U 2017 yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta’lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi.

Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning aprelida bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun, byudjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt ko‘chatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun hayfsan olgan, bosh vazir u oxirgi marta ogohlantirilayotganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 15:18 25.08.2019. O'qildi: 3317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!