Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Manba: Adebayor «Paxtakor»ga o‘tmoqda

Manba: Adebayor «Paxtakor»ga o‘tmoqda

Turkiyaning «Qaysarispor» klubi hujumchisi Emmanuel Adebayor Toshkentning «Paxtakor» klubi safiga o‘tmoqda, deya xabar bermoqda «Milliyet» nashri.

Manbada yozilishicha, 35 yoshli togolik forvard 2 dekabr kungi «Beshiktosh» - «Qaysarispor» (4:1) o‘yinidan keyin klub bilan xayrlashgan. Shu kuni u jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Afrikalik hujumchi «Paxtakor» safiga o‘tish masalasida Shota Arveladze bilan og‘zaki kelishuvga erishgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Emmanuel Adebayor «Arsenal» (2005-2009), «Manchester Siti» (2009-2011), «Real» (2010-2011), «Tottenhem» (2011-2015) va «Kristal Pelas» (2015-2016) kabi klublarda to‘p surgan, 2017 yil yanvarida Turkiya chempionatiga yo‘l olgan edi. U uch mavsum «Istanbul» klubida o‘ynagach, 2019 yil avgustida «Qaysarispor» safiga kelib qo‘shilgan va jamoa bilan bir yillik shartnoma imzolagandi.

«Qaysarispor» Turkiya Superligasi 13-turidan keyin turnir jadvalida bor yo‘g‘i bitta g‘alaba bilan so‘nggi 18-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 15:30 04.12.2019. O'qildi: 2990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!