Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Malida 10 daqiqalik operasiyada 24 nafar asir qutqarildi

Malida 10 daqiqalik operasiyada 24 nafar asir qutqarildi

Malida olti oydan ortiq vaqt davomida qurolli guruhlar asirligida saqlangan 24 nafar harbiy xizmatchi ozod qilindi.

Rossiyaning Afrika korpusi Telegram kanalida tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, asirlarni qutqarish operasiyasi korpus bo‘linmalari va Mali qurolli kuchlari hamkorligida amalga oshirilgan.

Malilik harbiylar joriy yilning aprel oyida Kidal shahrida kechgan shiddatli janglar vaqtida asirga tushgan. Ular olti oydan ko‘proq vaqt davomida qurolli guruhlar dala lagerlaridan birida ushlab turilgan.

Qutqaruv operasiyasida havo va quruqlik kuchlari birgalikda harakat qilgan. Dastlab qurolli guruhlar to‘plangan hududlarga aniq zarbalar berilgan va lager qo‘riqchilari yo‘q qilingani aytilmoqda.

Shundan so‘ng hududga desantchilar tushirilib, lagerda tozalash ishlari o‘tkazilgan. Afrika korpusining bildirishicha, operasiyaning eng faol bosqichi atigi 10 daqiqa davom etgan.

Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ozod qilingan 24 nafar harbiyning barchasi omon qolgan. Operasiyada qatnashgan kuchlar orasida ham yo‘qotishlar qayd etilmagan.

Kiritildi: 22:08 19.11.2026. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik