Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Malayziyaning sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi

Malayziyaning sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi

Malayziyaning sobiq bosh vaziri mansabni suiiste’mol qilish va moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi — Reuters.

26 dekabr kuni Malayziya Oliy sudi ko‘p yillik sud jarayonlari yakunida sobiq bosh vazir Najib Razzoqni mansabni suiiste’mol qilish bo‘yicha to‘rt jinoiy ish va pul yuvish bo‘yicha 21 jinoiy ishda aybdor deb topgan. Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, sud Razzoqqa 15 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

Sud hukmining asoslovchi qismida aytilishicha, ayblanuvchining bu ishlar “siyosiy sabablar bilan uyushtirilgan ta’qib” degan da’volari qat’iy va inkor etib bo‘lmaydigan dalillar bilan rad etilgan. Ushbu dalillar Najib Razak davlatning 1MDB investisiya jamg‘armasidagi mavqei va keng vakolatlarini suiiste’mol qilganini ko‘rsatadi. Shuningdek, u yuzlab million AQSh dollari nega uning shaxsiy bank hisobiga kelib tushganini ham izohlab bera olmagan.

Uch yil davom etgan 302 ta sud majlisidagi sud ma’lumotlariga ko‘ra, davlat investisiya jamg‘armasidan o‘zlashtirilgan 462 million yevroga teng mablag‘ bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqilgan. Najib Razzoq 2009–2018 yillarda Malayziya bosh vaziri lavozimida ishlagan va ayni paytda mamlakat moliya vaziri ham bo‘lgan.

72 yoshli Najib Razzoq hozirda davlat jamg‘armasi bilan bog‘liq avvalgi ish bo‘yicha chiqarilgan hukm asosida olti yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. To‘rt kun avval sud uning qolgan muddatini uy qamog‘iga almashtirish haqidagi iltimosini rad etgan.

Kiritildi: Bugun 17:10. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!