Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Malayziyada 111 maktab yopildi, bunga sabab o‘quvchilarning havodan zaharlanishi bo‘lgan

Malayziyada 111 maktab yopildi, bunga sabab o‘quvchilarning havodan zaharlanishi bo‘lgan

Malayziyada 100 dan ortiq maktablar toksik chiqindilarni daryoga tashlanishi oqibatida yuzlab odamlar, jumladan, bolalarning zaharlanishidan keyin vaqtinchalik yopib qo‘yildi.

O‘tgan haftada janubiy Johor shtatining Pasir Gudang shahri yaqinida yuk mashinasi tomonidan tashlab ketilgan chiqindilardan tarqalgan zararli gazning atrofga tarqalishi oqibatida, o‘sha atrofda yashovchi aholi orasida oshqozon ichak va ko‘ngil aynishi kasalliklari kuzatilgan, deya taxmin qilinmoqda.

Bernama axborot agentligining tarqatgan xabarlariga ko‘ra, ko‘pchiligi o‘quvchilardan iborat bo‘lgan 500 ga yaqin kishi zaharli havodan nafas olishi oqibatida kasalxonalarga yotqizilgan.

Ushbu tarqalgan gazning qaysi turi ekanligi hali aniqlanmagan.

Ta’lim vaziri Maszli Malik dastlab chorshanba kuni bu hududda 43 ta maktabni yopishga buyruq bergan edi, ammo keyinchalik bu ko‘rsatkich ikki barobarga oshganini e’lon qildi.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 20:45 14.03.2019. O'qildi: 1406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!