Malayziyaning "Johor Darul Tazim" futbol klubi mamlakat chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyaning davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.
"Johor" qatorasiga 109 ta o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti va oxirgi 12 mavsumda Malayziya chempioniga aylandi. "Darul Tazim" oxirgi marta 2021 yilda imkoniyatni boy bergan edi.
Bundan oldingi jahon rekordi — mag‘lubiyatsiz 108 ta o‘yin — Kot-d'Ivuarning "ASEK Mimozas" klubiga tegishli bo‘lib, 1989–1994 yillarda o‘rnatilgan edi.
Ta’kidlash joizki, enda "Johor" ketma-ket egallangan mamlakat chempionligi oltin medallari soni bo‘yicha ham jahon rekordchisiga aylanmoqchi. Hozirda bu yutuq Vanuatu karlik mamlakatining "Tafea" klubiga tegishli — ketma-ket 15 ta sovrin.