Fransiyaning Marsel shahridagi maktablarni kalamushlar bosib ketdi, deb yozadi Provance gazetasi.
“O‘tgan bahordan beri hojatxona kanalizasiya tizimidagi nosozlikdan tashqari, maktabning sinf xonalari va yo‘laklarini kalamush va sichqonlar bosgan”, — deb yozadi gazeta shahar maktablaridan biridagi vaziyat haqida, RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, boshqa maktabda gazetaga kalamushlar tufayli kitoblarni tashlab, dezinfeksiya o‘tkazishga majbur bo‘lgani aytilgan.