Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Maktab formasidagi bosh kiyim masalasi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

A A A
Maktab formasidagi bosh kiyim masalasi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Xalq ta’lim vazirligi hukumatning yangi qarori loyihasini joylashtirgani haqida avval xabar berilgan edi.

Qayd etish o‘rinliki, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi nafaqat ushbu portalda balki ijtimoiy tarmoqlarda ham fuqarolar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda hamda maktab libosi borasida turli-tuman jo‘yali fikrlar bildirilishiga asos bo‘lmoqda.

Qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e’lon qilinganidan so‘ng, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif yoki e’tirozlarning aksariyati qaror loyihasining 9-bandiga, ayrimlari maktab formalarining faqat “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan yetkazib berilishiga nisbatan bildirilgan.

Xususan, quyida ko‘psonli fikr-mulohazalarning ayrimlarini e’tiboringizga havola qilamiz. Izohlar imlo xatolari bilan biroz qisqartirilgan shaklda olindi.

2018-06-12 17:06:45 Madaminov Azam Akmalovich

"9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno."

Mana shu band noto‘g‘ri va noqonuniy.

1. Prezidentimiz maaktab formasi o‘zbek mentalitetimizga mos bo‘lsin deganlar.

2. O‘zbek qizlari azaldan bosh kiyimda, ya’ni do‘ppi kiyib yoki ro‘mol o‘rab yurganlar.

3. Bosh kiyimda yurish bu avvalambor gigiyena, har joyda soch tolalari to‘kilib yurishini oldini oladi.

4. Bosh kiyimi bu boshni shamolashdan, sovuqdan saqlaydi.

5. Bosh kiyim bilan yurishni hohlaydiganlar bosh kiyimda yursin, hohlamaganlar bosh kiyimsiz yuraversin. Jamiyatda g‘ashlik keltirib chiqarishni nima keragi bor?

Umuman olganda bosh kiyimda maktabga borishni taqiqlash ham inson huquqlarini buzish, ham milliyligimizga qarshi borish bo‘ladi.

2018-06-12 17:19:31 tolakov adxamjon abduhalilovich

Nega endi meni qizim maktabda boshyalang yurishi kerak? Bu xujjatni 9-bandini ishlab chiqqan odam fuqarolarimizga, Prezident siyosatiga, diniy va milliy qadriyatlarimizga tupurgan shekilli. Boshyalang yurish xaqidagi qismi olib tashlanishini talab qilaman. Xoxlagan boshyalang kelishi mumkin, lekin xoxlagan albatta ro‘molda borishlari shart.

2018-06-13 10:42:18 Bozorov Furqatjon Nurmadjon o'g'li

uchinchi masala: bosh kiyimda borish: hamma maktab ham qishni sovuq kunlarida isiyvermaydi. shuni inobatga olib tuzatish kiritilsin/

2018-06-13 10:56:25 Muratov Bobir Tulkinovich

Forma bo'lgani yaxshi, hammada bir xil kiyim bo'lsa, bola birovdan o'zini ustun ko'rmaydi. Lekin formani belgilashda milliy-diniy qadriyatlarimiz ham e'tiborga olinishi kerak. Butun mamlakat uchun qaror chiqarayotganda, jamiyatning barcha qatlamlari qiziqishlarini hamda qaroringizning kelajakdagi oqibatlarini hisobga olishingizni so'rayman. Ahir mustaqil erkin demokratik jamiyatda yashayapmizku, pasdagi bo'lim umuman mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

"9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno."

G'arb mamlakatlarida ham o'quvchilarning maktabga bosh kiyimda kelishlariga qarshilik qilinmaydi. Biz esa 90% aholisi musulmon yurt bo'lsak.

2018-06-13 17:46:05 Adizov Obid Arifjanovich

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM - "zamonaviy" so‘zi nimaga kerak...

2018-06-14 13:50:59 Maqsudov Hojimurod isoqjonovich

9- O'quvchilar talim muassasasida bosh kiyimsiz yurishlari kerak degan joyini biroz O'zgartirish kerak bosh kiyim yani dòppi va romol bizning milliy liboslarimiz hamda chekka hududlarda qishda maktablar issiq bo'lmaydi shuning uchun o'quvchilar bosh kiyim bolalar shapka qizlar romol yoki boshqa bosh kiyimda kelishadi bu tarafini hisobga olish kerak

Bundan tashqari yana yurtimiz aholisi musulmonlardir

Mayli oddiy xalqni emas boshqa tarafdan masalaga etibor berilsa

Misol uchun muftiy Usmonhon Alimovni nabiralari farzandlari bor yoki boshqa kòplab imom do'mlaarimizni farzandlari ham maktablarda O'qiydi ular qanday qilib bosh kiyimsiz yani romolsiz farzandlarini maktabga yuboradi bu insonlar halqimizga dinimizni òrgatishsa talim berishsa dindan gapirishsa nasihat qilishsa lekin farzandalari romolsiz holda maktabga borsa buni qanday qabul qiladi odamlar nima deydi shuning ichun 9- qismni o'zgartish kerak

2018-06-14 14:28:48 Yusufjanov Rustamjon Abdukaxxorovich

"9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno."

Mazkur bandi Konstitusiyaga zid. Voyaga yetgan muslima kizlarning bosh kiyimsiz yurishi e’tikodiy jixatdan tugri bulmaydi. Odatda bizni sharoitda ayollar 10-11 yoshda Islom dini nuktai nazardan tulik voyaga yetadi. Konstitusiyaning 29 moddasida jumladan e’tikod erkinligi tugrisida suz boradi. Demak Uzbekistonning xar bir fukarosi uz e’tikodi asosida yashashga xakli. Bunga zid keluvchi xar kanday konun koidalar mutlako asossiz deb xisoblayman.

2018-06-14 14:48:13 Otamatov Rustam Mahammadjanovich

"9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno."

Karordagi mazkur punkt ta’lim soxasining rivojlanishiga xech kanday daxli yuk. Xar bir punkt ta’lim soxasini ijobiy tomonga uzgartirish uchun xizmat kilish kerak. Xoxlagan ukuvchi bosh kiyimsiz yursin, xoxlagan bosh kiyim bilan yursin. asosiysi milliyligini yukotmasin. Rumol yoki milliy duppi bizning milliyligimiz belgisidir.

2018-06-14 18:36:14 Askarov Nodirbek Abdulazizovich

Yubkani tizzadan kalta bo'lmasligini xech kim nazorat qilmasa xam boshni yalang bo'lishi qattiq nazorat qilishsa kerak bu turishda. Xalq sizlardan nima kutayotgan ediyu afsus, muxokamaga qo'ygan qarorlaring bilan mentalitetimizga, o'zbekligimizga va musulmonligimizga oyoq qo'yayotganlaringni naxot xis qilmasangizlar.

2018-06-15 00:03:51 Raxmonberganov Otabek Raxmonbergan o`g`li

Nizom bo`lyicha o`z fikrimni bildirmoqchi edim:

9-punkt - jiddiy tahlilga muhtoj. Qishloq sharoitida tashqarida kunduz kuni -10 C gacha sovuq bo`lishi (balki bundan ham sovuqroq), qishloq joylarining 80% ida gaz yetishmasligi muammosi borligini inobatga olsak, maktab ichidagi harorat 0 C gacha tushishi kuzatiladi. Bunday sharoitda bosh kiyimsiz yurish - ahmoqlik. (Hali men buning diniy-huquqiy jihatlarini tahlil qilmadim)

11-14 punktlar bo`yicha - maktab o`zi tanlagan forma bo`yicha qancha kerak ekanligi haqida O`zto`qimachiliksanoatga buyurtma bergach, shu sondagi kiyimlar maktab o`quvchilari tomonidan sotib olinishiga "ixtiyoiy-majburiy javobgar" bo`lib qolmaydimi? Ba'zi o`quvchilar xuddi shu shakldagi kiyimni o`zi tikishni hohlab qolsa, yoki tumandagi boshqa tadbirkor O`zto`qimachiliksanoat taklif qilgandan yaxshiroq shartlar asosida yetkazib berishga rozi bo`lsa, maktab tanlash imkoniga egami? Qarorning shu bandlari ko`plab gumonlar paydo bo`lishiga sabab bo`layapti!!!

15,16,19 punktlar - Farzandlarining maktab formasida o`qishga kelmagani uchun Ota-onalarga maktab tomonidan qanday ta'sir choralari beriladi. Bu holatda, amaliyotda maktab "bolg`a va qasqon orasida qolishi" ehtimoli oshadi. Ya'ni, ota-ona iqtisodiy muammo, diniy e'tiqodi, shaxsiy g`arazi, e'tibosizligi yoki boshqa sabablar tufayli farzandini maktab formasi bilan ta'minlashdan bosh tortsa, maktabda ota-onaga ta'sir ko`rsatish mexanizmi mavjud emas, LEKIN yuqori boshqaruv organlarida o`quvchilarning maktab hududida formada yurmagani uchun maktabga ta'sir ko`rsatish mexanizmi JUDA yaxshi yo`lga qo`yilgan. Shu borada aniqroq ma'lumot berishni iloji bormi?

2018-06-16 23:55:47 Iminoxunov Nuruddin Abduqahhorovich

Qarorning 9 bandiga o‘zgartirish kiritish taklifi:

"O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni hamda milliy qadriyat va ana’analarimizdagi bosh kiymlar (do‘ppi va ro‘mol) bundan mustasno"

2018-06-17 00:04:56 Abdurasulov Behzodbek Bahodir o`g`li

Aslida, bu qaroning o'ziga qarshiman. Biror firma sifatliroq forma tikib berishiga ko'zim yetmaydi. Shunchaki, to'q rangli kostyum shim deb qo'yilsa yetarli edi.

Modomiki, agar qaror qabul qilinar ekan Nizomdagi, bosh kiyimsiz yurilsin degan bandi (9-band) olib tashlanishini talab qilaman! Qonunga zid nizomlarni qabul qilmanglar, iltimos. Aholining aksariyati musulmon-ku! O'zi mamlakatimizning shundoq ham havas qilarli bo'lmagan imidjini yer bilan bitta qilmoqchimisizlar?!

2018-06-17 00:10:28 Mamadiyorov Olimjon Umarovich

Qachongacha barchani qoliplashga xarakat qilamiz, bolalarni har bir sohaga ijodiy yondoshuvini qo‘llab-quvvatlash o‘rniga ularni majburlab "Inkubatorga" tiqamiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ota-onalar uchun bu zamonaviy forma qanchaga tushadi, farzandi bitta bo‘lsa yaxshi, agar uchta-to‘rtta bo‘lsa nima qiladi? Formaga pulni qayerdan oladi? chekka hudduda yashaydigan va mardikorchilik evaziga zo‘rg‘a kun ko‘rayotganlar pulni qanday to‘laydi?

ikkinchi masala nima uchun aynan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi monopol mavqega ega? agar maktab formasi andozalarini raqobat asosida ishlab chiqarilsa narxi arzonlashadi va aholiga qulaylik yaratiladiku yoki bu qaror ham kimnigdir mafaati uchun mo‘ljallanganmi?

uchinchidan bosh kiyim masalasida yuqoridagi fikrlar inobatga olinishi kerak chunki aynan shu modda prezidentimiz ko‘rsatmalariga, milliy urf-odatlarimizga zid keladi.

Maktab formasi joriy qilingan taqdirda ham javobgarlik o‘qituvchilarga yuklanmasligi kerak, o‘qituvchi dars o‘tsinmi? daftar tekshirsinmi? o‘qituvchilarning vazifasi yurtimiz kelajagiga xissa qo‘shadigan kadrlarni tayyorlash.

2018-06-17 02:14:22 Akromov Saidasrorxo'ja Saidjalolxo'ja og'li

9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

Bu bandni umuman bekor qilish yoki milliy bosh kiyimlar(do'ppi, ro'mol, hijob) bundan mustasno qilib o'zgartirish kerak !!!

2018-06-17 03:01:02 Usmonov Otabek Xolmuxammedovich

"9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno".

Aslida, forma masalasida umumiy tavsiyalar bilan cheklanish kifoya edi. Ya’ni uning bichimi, rangi kabi umumiy xususiyatlariga cheklov sifatida. Lekin bir xil forma joriy qilishga kirishilsa ham, yuqorida keltirilgan band o‘zgartirilishi kerak. Chunki mahalliy qonunlarimiz hamda O‘zbekiston tomonidan ratifikasiya qilingan xalqaro huquq normalari bo‘yicha ota-ona o‘z farzandini o‘z e’tiqodiga ko‘ra tarbiyalash huquqiga ega. Qolaversa, har kimning dini, e’tiqodi taqozosiga ko‘ra kiyinish erkinligi cheklanmasligi kerak. Maktab, institutlarda qizlarning ro‘molda bo‘lishi nafaqat ko‘pchilik aholisi musulmon davlatlarda, hatto g‘arb davlatlarida ham kuzatilayotgan tajriba. Bu bilan birortasida ta’lim sifati tushib ketgani ham yoki boshqa bir salbiy holat yuzaga kelgani ham yo‘q.

Qaytanga, bu bandning shu holda qoldirilishi e’tiqodiga muvofiq kiyinish istagida bo‘lgan ota-ona va o‘quvchilarda norozilik kayfiyatini keltirib chiqaradi. Maktab, institut rahbariyati bilan ular o‘rtasida konfliktni keltirib chiqaradi. Axir ayni masalada 15-20 yillik tajribamiz bor, qancha ziddiyatlarga guvoh bo‘ldik. Bu cheklov joriy siyosatimizda ijobiy baholanayotgan diniy erkinliklar yo‘nalishida yana ishonchsizlikni uyg‘otadi. Kiyimning rangi, bichimiga cheklov qo‘yilsa-da, e’tiqodidan kelib chiqib, bosh kiyim kiyishi, xususan, ro‘mol o‘rashi, yeng va etakni uzun kiyishi erkin qo‘yilishi shart. Prezidentimiz bizda qozongan ishonchni gumon ostiga qo‘ymanglar. Shundoq ham chorak asrdan beri kundalik muammoga aylangan masalani yechimsiz tashlab ketmanglar. Bu erkinlik aholining e’tiqod jihatidan barcha qatlamlari birdek mamnun, o‘zaro do‘stona hayot kechirishiga ham sabab bo‘ladi. Buzg‘unchi kimsalarning aholimiz vakilllarida, xususan, yoshlarimizda joriy siyosat haqida negativ fikr uyg‘otib, o‘z domiga tortishlarining ham oldi olinadi.

2018-06-17 09:48:52 Nurimov Furqat Murtozayevich

“9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.”

Yuqoridagi bandga qat’iy e’tiroz bildiraman.

Har bir huquqiy-demokratik davlatdagi ichki qonun va tartiblar, jumladan o‘quv muassasalari nizomi va ichki tartibi ham bosh qonun - konstitusiyaning hech qaysi bandini inkor qilishi kerak emas.

Yuqoridagi bandda esa fuqarolarning e’tiqod erkinligi huquqiga daxl qilinmoqda. Maktabga hijobda kelgan o‘quvchi qizdan hijobni yechishni talab qilish Konstitusiyaning qo‘pol ravishda buzilishidir. Yoshlar tarbiyasi, umuman, maktablardagi ta’lim-tarbiya sifati haminqadar ekanligi bugun hammaga ma’lum, ta’lim sifati va maktablardagi muhitni yaxshilash, o‘quvchilarga bag‘rikenglik, adolat, erkinlik tushunchalarini amalda ko‘rsatgan holda singdirib borish, ota-onalarda ham ta’lim tizimimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash o‘rniga yana eski xatolarni takrorlash, eski o‘zandan ketaverishdan maqsad nima?

Hurmatli mutasaddilar, o‘quvchi qizlarning hijobi masalasi anchayin jiddiy masala, bunga befarq bo‘lmang, iltimos.

Davlatni xalq bilan yaqinlashtirish, oradagi ishonchni mustahkamlash uchun shuncha ish qilinayotgan paytda davlat uchun kichikroq, fuqarolar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan bu nozik masalada noto‘g‘ri qaror qabul qilmaylik, bu masala diniy e’tiqod masalasi ekanini yodda tuting.

Har bir ishda, jumladan e’tiqodiy masalalarda ham me’yorlar mavjud, bu me’yorlarga amal qilinar ekan, dunyoviy va diniy bag‘rikenglik shart.

2018-06-17 11:18:32 Abdumadjitov Ja’far Abdurashidovich

Qarorning 9 - bandi inson huquq-erkinliklarini cheklash bӯlib qoladi.

Biz demakratik davlatmiz. Yalang bosh yurishni o‘ziga or sanab yurganlar ko‘p. Aksar rivojlangan davlatlarda bunday inson erkinligini cheklash yo‘q.

Bunday inson huquqini buzilishi, biz kabi rivojlanayotgan, demaratik davlatga yarashmaydi, balki totalitar jamiyatni qoidasi.

2018-06-17 19:55:44 Mirsaidov Begzod Tursunboyevich

9 band vijdon erkinligi va diniy e’tiqodimizga zid. Muslima qizlarimiz balog‘at yoshiga yetganda boshiga ro‘mol o‘rashi shart, majbur, farz! O‘zbekiston aholisining 90% qismi Islom diniga amal qilishligini ham e’tiborga olish kerak. Xohlagan ro‘mol o‘rasin, xohlamagan o‘ramasin, shu qatorda o‘raganlar malomat qilinmasin, taxqirlanmasin. Xech bo‘lmaganda Konstitusiyaga amal qilib, vijdon erkinligi qonunini amalda qo‘llanilishiga qarshilik qilmanglar! Xalqni e’tiqodini ham xisobga olinglar.

Bildirilgan ko‘p sonli izohlardan olingan ayrim iqtiboslar tugadi. Shu o‘rinda qayd etish kerak, mazkur maqola yozilayotgan vaqtda na O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, na Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, yoinki Adliya vazirligi vakillari keng muhokamaga sabab bo‘lgan qarorning 9-bandi bo‘yicha birorta fikr bildirmagan edi.

Ayni masala yuzasidan o‘zim ham XPK sessiyalaridan birida O‘zMI raisi, muftiy Usmonxon Alimov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akramovga savol bilan murojaat qilib, maktab formasi tasdiqlanishidan avval ota-onalar va maktab ma’muriyatlari o‘rtasida bir necha yillardan buyon ichki nizom ro‘kach qilingan holda og‘riqli tortishuvlardan biri bo‘lib kelgan bosh kiyim masalasiga uzil-kesil oydinlik kiritib ketishlarini so‘ragan edim. Afsuski, qaror loyihasidan ko‘rish mumkinki, bu masalaga yuqoridagi idoralar

Kiritildi: 15:43 19.06.2018. O'qildi: 11153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!