Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Makron O‘rta yer dengizida Rossiya tankeri ushlab qolinganini ma’lum qildi

Makron O‘rta yer dengizida Rossiya tankeri ushlab qolinganini ma’lum qildi

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron O‘rta yer dengizida Rossiyadan chiqqan neft tankeri ushlab qolinganini ma’lum qildi.

Uning X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Fransiya harbiy-dengiz kuchlari xalqaro sanksiyalar ostida bo‘lgan va provokasion bayroqdan foydalanganlikda gumon qilingan tankerga chiqish operasiyasini o‘tkazgan. Amaliyot ochiq dengizda, bir qator ittifoqchilar qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilgan.

Makron ta’kidlashicha, operasiya BMTning Dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasiga to‘liq muvofiq ravishda o‘tkazilgan. Hodisa yuzasidan sud tergovi boshlangan, kema esa boshqa yo‘nalishga burilgan.

Fransiya prezidenti «soya flot» deb ataluvchi faoliyat Ukrainaga qarshi agressiv urushni moliyalashtirishga xizmat qilayotganini qayd etib, Parij xalqaro huquq va sanksiyalar ijrosini qat’iy ta’minlashini bildirgan.

Kiritildi: 22:58 23.01.2026. O'qildi: 179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!