Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Makron «PSJ»ni Chempionlar ligasidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Makron «PSJ»ni Chempionlar ligasidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron PSJni Chempionlar ligasida qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan tabrikladi.

"Qoyil, PSJ butun Yevropani hayratga solmoqda. Fransiya siz bilan faxrlanadi", — deb yozdi davlat rahbari o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Makron o‘z tabrigida "Parij osmonida yangi yulduz porladi", deya ta’kidlab, bu g‘alaba klub tarixidagi ikkinchi Chempionlar ligasi sovrini ekanini eslatib o‘tdi.

Chempionlar ligasi finali Budapesht shahrida bo‘lib o‘tdi. Qarshi tomon sifatida maydonga tushgan Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi bahsda asosiy vaqt va ikki qo‘shimcha taym 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa PSJ 4:3 hisobida ustun keldi.

Kiritildi: Bugun 11:59. O'qildi: 157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!