Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Makron: “Musulmonlarning hislarini tushunaman!”

Makron: “Musulmonlarning hislarini tushunaman!”

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) karikaturalari nashr etilgani sababli yuzaga chiqqan musulmonlarning his-tuyg‘ularini tushunishini, ammo bunday materiallar ortida hukumat emas, balki mustaqil ommaviy axborot vositalari turganligini ma’lum qildi.

Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

"Men Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalari nashr etilishi bilan bog‘liq musulmonlarning his-tuyg‘ularini tushunaman, ammo ularning nashr etilishi ortida turgan hukumat emas, bu hukumat bilan bog‘liq bo‘lmagan erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalariga tegishli", demoqda Makron.

Uning so‘zlariga ko‘ra, musulmon dunyosi uning nutqini noto‘g‘ri tushunmoqda.

Kiritildi: 20:26 31.10.2020. O'qildi: 6916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!