Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Makron: Merkosur kelishuvini «vaqtincha» qo‘llash — yomon yangilik

Makron: Merkosur kelishuvini «vaqtincha» qo‘llash — yomon yangilik

Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqining Janubiy Amerika bilan tuzilgan Merkosur savdo kelishuvini «vaqtincha» amalga joriy etish qarori «yomon syurpriz» bo‘lganini bildirdi.

Evropa Ittifoqi Merkosur bilan tuzilgan savdo bitimini vaqtincha qo‘llashni rejalashtirmoqda. Fransiya esa ushbu kelishuvga qarshi chiqqan asosiy davlatlardan biri bo‘lib kelmoqda.

Fransuz fermerlari Braziliya va uning qo‘shni davlatlaridan arzon mahsulotlar kirib kelishi orqali ichki bozorda raqobat kuchayishidan xavotir bildirmoqda.

Makron Parij kelishuv shartlarini qayta ko‘rib chiqish va mahalliy qishloq xo‘jaligi manfaatlarini himoya qilish zarurligini ta’kidladi.

Kiritildi: 21:32 27.02.2026. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!