Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiya o‘zining yadroviy kallaklari sonini ko‘paytirishini va qit’ani himoya qilish uchun sakkizta Yevropa davlati bilan yaqindan hamkorlik qilishini e’lon qildi.
Makron bu bayonotni Brest portidagi Il-Long aviabazasida aytdi.
"Arsenalimizni modernizasiya qilish shoshilinch zarur. Biz ko‘plab tahdidlarga qaramay, yadroviy to‘xtatuvchi kuchimizni kuchaytirishimiz kerak”, dedi u.
U Fransiyaning yangi doktrinasini “kuchaytirilgan to‘xtatuvchi kuch” deb atadi.
Fransiya dunyodagi to‘rtinchi eng yirik yadroviy arsenalga ega bo‘lib, taxminan 290 ta kallakka ega.
Uning ta’kidlashicha, sakkizta Yevropa davlati Fransiya tomonidan taklif qilingan ushbu yangi yadroviy to‘xtatuvchi kuch sxemasida ishtirok etishga rozi bo‘ldi, jumladan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Polsha, Niderlandiya, Belgiya, Gresiya, Shvesiya va Daniya ham.
Fransiya strategik havo kuchlari ularning hududida joylashtirilishi mumkin, bu esa agar kerak bo‘lsa, ularning mudofaasini ta’minlash uchun “butun Yevropa qit’asi bo‘ylab tarqalishi”ga imkon beradi.
Fransiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Il-Longda to‘rtta fransuz ballistik raketa suv osti kemasi joylashgan.