Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Makron Fransiya bosh vazirining iste’fosini qabul qilmadi

Makron Fransiya bosh vazirining iste’fosini qabul qilmadi

Milliy assambleyaga navbatdan tashqari saylovlarning ikkinchi bosqichida prezidentlik bloki chap koalisiyaga yutqazib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Shundan so‘ng bosh vazir Gabriyel Attal iste’foga chiqish haqida ariza berdi. Biroq Emmanuel Makron uni qabul qilmadi va hukumat rahbaridan o‘z lavozimida qolishni so‘radi. Davlat rahbari bu masalani Parijdagi Olimpiada yakuniga qoldirishi kutilmoqda. U 11 avgustda tugaydi.

Mutaxassislar o‘sha vaqtga kelib so‘l qanot «Yangi xalq fronti» parlamentdagi bir necha fraksiyalarga bo‘linib ketishini istisno qilmaydi. Bu allaqachon 2022 yil may oyidagi saylovlar uchun tuzilgan NUPES chap qanot koalisiyasida sodir bo‘lgan. Bu ssenariy parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi yangi hukmron koalisiya tuzish imkonini beradi. Hozircha uchta yirik kuchning hech biri (chap, prezident tarafdori markazchilar va o‘ng) ikkinchisi bilan ittifoq tuzishga tayyor emas.

Kiritildi: 16:18 08.07.2024. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!