Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Makron Yevropani "Rossiya gazi" borasida jiddiy ogohlantirdi

Makron Yevropani "Rossiya gazi" borasida jiddiy ogohlantirdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropani Rossiya gazining har qanday ehtimoliy ssenariylariga tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda u Versalda bo‘lib o‘tayotgan Yevropa Ittifoqi (EI) yetakchilarining sammiti oldidan jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gaz ta’minotidan qurol sifatida foydalanishi mumkin. Fransiya prezidenti Rossiya rahbari Vladimir Putinning Rossiya energiya resurslarini Yevropaga yetkazib berishni davom ettirish haqidagi bayonotini qayd etdi. "Ammo qachongacha? Hech kim bilmaydi", deb qo‘shimcha qildi Makron.

Bundan tashqari, Fransiya rahbari bu masalada Yevropa davlatlarining qaramligi va zaifligi haqida gapirdi. Shuningdek, u Fransiya boshqa qator Yevropa davlatlariga qaraganda Rossiya gaziga kamroq qaram ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:57 10.03.2022. O'qildi: 17296 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!