Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Makron Aliyevni Kavkazdagi yangi muammolardan ogohlantirdi

Makron Aliyevni Kavkazdagi yangi muammolardan ogohlantirdi

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronning fikricha, 1 iyun kuni Kishinyovda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv Janubiy Kavkazdagi vaziyat yuzasidan fikr almashishni davom ettirish va Boku va Yerevan o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Bu haqda Fransiya prezidentining Ozarbayjon davlati rahbariga 28 may kuni Ozarbayjonda nishonlanadigan Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktubida aytiladi.

Makron maktubda Ilhom Aliyev va ozarbayjon xalqiga “Ozarbayjon milliy bayrami munosabati bilan eng samimiy tabriklar”ni yetkazadi.

“O‘tgan o‘ttiz yil davomida va diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon Fransiya va Ozarbayjon o‘rtasida iqtisodiy, universitet va ta’lim sohalarida sheriklikka asoslangan mustahkam aloqalar rivojlandi. Yevropa va tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonnaning 26-27 aprel kunlari Bokuga tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga bo‘lgan umumiy intilishimizni ko‘rish imkonini berdi va bu meni quvontirdi. Bu, shuningdek, Fransiyaning Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatish tarafdori ekanini eslash imkonini berdi, bu butun mintaqa barqarorligi va farovonligi uchun zarur”, — deb yozadi Fransiya prezidenti.

Emmanuyel Makron “1-iyun kuni Kishinyovda bo‘lib o‘tadigan Yevropa siyosiy hamjamiyatining ikkinchi sammitida siz bilan yana uchrashishdan mamnun, bu bizga Kavkaz va qit’amiz oldida turgan muammolar yuzasidan fikr almashishni davom ettirish imkonini beradi”.

Fransiya prezidenti “Pragadagi kabi bu sammit ham bizga Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini beradi”, deb umid bildirdi.

Kiritildi: 05:30 28.05.2023. O'qildi: 2092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!