Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Makgregor Pakyaoga qarshi ringga chiqishga tayyor

Makgregor Pakyaoga qarshi ringga chiqishga tayyor

Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor filippinlik Menni Pakyao bilan bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan jang haqida gapirdi. 

32 yoshli jangchi boks bo‘yicha jahon chempioni bilan to‘qnashuvdan voz kechmadi. “Muzokaralar ajoyib o‘tdi. Biz bu yilgi jang haqida suhbatlashdik”, – dedi Makgregor. Shu bilan birga, sportchiga tadbirning taxminiy sanasini aytish qiyin ekanligini ta’kidladi.

24 yanvar kuni Makgregor amerikalik Dastin Pyuri bilan to‘qnash keladi. Ushbu chiqish irlandiyalik uchun MMAga qaytganidan keyin birinchi bo‘ladi. Yozda Makgregor sportni tark etishini e’lon qilgandi va kuzda Pyuri bilan ko‘rgazma jangini o‘tkazmoqchi edi. UFC ikkala sportchi bilan ham kelishuvga erishdi.

Oktyabr oyida Makgregor 2021 yil yanvarida Pakyaoga qarshi kurashga tayyorligini e’lon qilgandi. 

Kiritildi: 09:37 15.01.2021. O'qildi: 2103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!