Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mahmud Murodovning UFC’dagi navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Mahmud Murodovning UFC’dagi navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

UFC’ning o‘zbekistonlik jangchisi Mahmud Murodov (25-6, 17 KO) iyul oyida oktagonga qaytadi.

Murodov UFC 264 doirasida 10 iyul kuni Dubaydagi «Jangchilar oroli»da oktagonga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi rasman ma’lum emas. Sportchining o‘zi esa UFC’dan raqib sifatida o‘rta vazn toifasining sobiq chempioni Kris Vaydmanni (15-5, 6 KO) berishlarini so‘ragan.

Ma’lumot uchun, UFC 264 musobaqasining asosiy jangi Konor Makgregor hamda Dastin Porye o‘rtasida kechadi.

Murodov UFC’da uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Mahmud so‘nggi jangida 2021 yilning yanvar oyida Endryu Sanchesni nokautga uchratgandi.

36 yoshli Vaydman esa so‘nggi bor 2020 yilning avgustida oktagonga ko‘tarilgan va unda rossiyalik Omari Ahmedovdan ustun kelgandi. Vaydman o‘z vaqtida UFC afsonasi Anderson Silvani mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasi chempionligini qo‘lga kiritgan. U faoliyati davomida Vitor Belfort, Demian Mayya, Lioto Machida, Kelvin Gastelum kabi yulduzlarni taslim etgan.

Kiritildi: 14:55 11.04.2021. O'qildi: 4768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!