Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mahmud Murodovning raqibi o‘zgardi

Mahmud Murodovning raqibi o‘zgardi

UFC bilan shartnoma imzolagan ilk o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi oldidan raqibi o‘zgardi.

Uning uchinchi jangi polshalik Kshishtof Yotkoga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo u olgan jarohati tufayli bo‘lajak jangda ishtirok eta olmaydi.

“Afsuski, Kshishtof Yotko jarohat oldi, shuning uchun yangi shartnoma imzolashimga to‘g‘ri keldi. Musobaqa o‘tkaziladigan joy va sana o‘zgarmagan! 31 oktyabr Las-Vegas”, - deya yozgan sportchi "Instagram"dagi sahifasida.

Murodov endilikda amerikalik Kevin Hollandga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Holland 2015 yildan beri MMAda o‘z janglarini o‘tkazib kelmoqda. Hisobida 19 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat bor. 

Mahmud Murodov UFC’da hozirgacha ikkita jang o‘tkazgan. Har ikki jangda uning qo‘li baland kelgan.

Kiritildi: 08:10 20.10.2020. O'qildi: 2076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!