Venesuela AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni mag‘lub etdi. Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro o‘z murojaatida shunday dedi.
Maduro tvitterda tarqatilgan nutqida Tramp prezidentligining yakunlanishini "Venesuelaning g‘alabasi" deb atadi: "...Tramp ketdi. Biz uni mag‘lub etdik".
Bundan tashqari, u AQShning yangi prezidenti Jo Baydenni xatolarni tuzatish uchun o‘zi bilan tanishishga va Venesuela bilan do‘stona munosabat o‘rnatishga chaqirdi.