Venesuela prezidenti Nikolas Maduro neft tankerlariga qilingan hujumlarni qoraladi.
Bu haqda Maduro o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
"Mana 25 haftadan beri Venesuela psixologik terrorizmdan tortib neft tankerlariga hujum qilgan qaroqchilargacha bo‘lgan tajovuz kampaniyasini qoraladi va unga qarshi turdi", dedi Maduro.
Tahdidlar va tajovuzlarga qaramay, Venesuela "kuchli davlat ekanligini va hokimiyatni xalqqa to‘liq va vositachilarsiz o‘tkazadigan chuqur inqilobni tezlashtirishga tayyorligini" isbotladi", deb ta’kidladi Maduro.
U Venesuela xalqi va barcha ijtimoiy qatlamlari tinchlik va milliy barqarorlikni himoya qilishda sobit bo‘lib qolishini ta’kidladi.