Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Madrimov uch hamyurtimiz bilan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Madrimov uch hamyurtimiz bilan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov o‘zining ilk himoya jangiga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Mashg‘ulotlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtati, Indio shahrida davom etmoqda.

E’tiborlisi, Isroil Madrimovga mashg‘ulotlarda hamyurtlarimiz Murodjon Ahmadaliyev, Bektemir Meliqo‘ziyev va Botir Ahmedov ham yordam beryapti.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov 3 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tariladi.

Kiritildi: 16:58 08.07.2024. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!