Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Yangi yil sovg‘asi sifatida 4 qop kartoshka berdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Bu haqda Belorussiya prezidentining matbuot kotibi Natalya Eysmont ma’lumot bergan. Uning ma’lum qilishicha, Rossiya prezidentining maxsus buyurtmasiga asosan mazkur qoplarga turli navlardagi kartoshkalar joylashtirilgan. Kartoshkalarning har bir navi o‘ziga xos, ularning ma’lum bir navi faqat qovurish, ba’zilari qaynatib pyure qilish uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, Lukashenko MDH rahbarlariga ham maxsus, qo‘lda yasalgan archa sharchalarini sovg‘a sifatida taqdim etgan.
Manba: darakchi.uz