Ozodlikka chiqqanlar orasida kimlar borligi hozircha ochiqlanmadi.
Aleksandr Lukashenko matbuot xizmati ma’lum qilishicha, afv etilganlar orasida 15 nafar ayol va 7 nafar erkak bor, 11 kishining voyaga yetmagan farzandlari mavjud.
Donald Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng, uning ma’muriyati Aleksandr Lukashenko bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ya boshladi. Natijada iyun oyida muxolifatchi siyosatchi, prezidentlikka nomzod bo‘lgan ayolning turmush o‘rtog‘i Sergey Tixanovskiy ozodlikka chiqdi, iyul oyida yana 16 nafar shaxs qo‘yib yuborildi, 11 sentyabr kuni esa 52 nafar inson ozod etildi (ulardan 39 nafari Belarus fuqarolari).
13 dekabr kuni Aleksandr Lukashenko 123 nafar kishini ozod qildi. Ular orasida taniqli muxolifat vakillari — Mariya Kolesnikova va Viktor Babariko ham bor edi. Buning javobi sifatida AQSh tomoni Belarusga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarning bir qismini bekor qildi.
Donald Tramp uchun bunday hamkorlik nima maqsadga xizmat qilayotgani va Minsk bilan G‘arb o‘rtasida munosabatlarda «iliqlashuv» haqida gapirish mumkinmi-yo‘qmi — bu haqda avvalroq batafsil yoritgan edik.