Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchukning aytishicha, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putindan harbiy yordam so‘ragan.
"Men Prezident Lukashenko yordam so‘rab Prezident Putinga murojaat qilganini bilaman, ammo qanday yordam? Harbiy yordam", — dedi u jurnalist Dmitriy Gordon bilan suhbatda.
Kravchuk, shuningdek, Donbassdagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar Shveysariya, Shvesiya yoki Finlyandiyaga o‘tishi mumkinligini aytdi. Ukrainaning sobiq rahbari aloqa guruhida Kiyev delegasiyasini boshqaradi.
Avvalroq, Blumberg manbalariga tayanib, Kreml Lukashenkoning iste’fosi ehtimoliy oqibatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergandi. Gazetaning yozishicha, Moskva beloruslarni Rossiya Federasiyasiga qarshi qo‘ymaslik uchun uni zo‘rlik bilan, masalan, qo‘shinlarni kiritishda qo‘llab-quvvatlamoqchi emas.