Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Lukashenko Belarusda ikkinchi AESni qurishni taklif qildi

Lukashenko Belarusda ikkinchi AESni qurishni taklif qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun Belarusda yana bir atom elektr stansiyasi (AES) qurishni taklif qildi. Uchrashuv stenogrammasi 26 sentyabr, juma kuni Kreml saytida chop etildi.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu AES sharqiy Belarusda qurilishi mumkin. U Ukrainaning Rossiya o‘ziniki deb hisoblagan Xerson, Zaporijjiya, Luxansk va Donesk viloyatlariga elektr energiyasi yetkazib berishni o‘z maqsadlaridan biri deb atadi.

"Rosatom" atom energetikasi sohasini yanada kengaytirish imkoniyatlarini allaqachon ishlab chiqqan. Men bu yerda moliyaviy masalalarni omma oldida muhokama qilishni istamayman. Bizda variantlar bor, ular haqida aytib beraman, agar qaror qabul qilinsa, zarurat tug‘ilsa, darhol yangi energiya bloki yoki yangi stansiya qurishni boshlaymiz", — dedi Lukashenko.

Putin bu taklifni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlamadi va «Agar elektr energiyasini olib, kerakli tarifni to‘laydigan iste’molchi bo‘lsa, bu umuman muammo emas», dedi Rossiya prezidenti.

Kiritildi: 23:58 27.09.2025. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!