Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko: Belarus Putin va Zelenskiy uchrashuvini tashkil etishga oshiqmayapti

Lukashenko: Belarus Putin va Zelenskiy uchrashuvini tashkil etishga oshiqmayapti

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda Ukraina bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazish uchun maxsus harakat qilayotgani yo‘qligini bildirdi.

Reportning BELTAga tayanib yozishicha, Lukashenko jurnalistlar bilan suhbatda:

"Agar tomonlar kelishib, bu yerda muzokara o‘tkazishni xohlashsa, belarus tarafi barcha zarur shart-sharoitni yaratib beradi," — dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy uchrashuvini Minskda tashkil etish “xohishi” bilan og‘rimaydi. Shunga qaramasdan, Belarus bu borada eng qulay joy hisoblanadi.

"Agar Rossiya va Ukraina kelishib, bu yerga kelishga qaror qilsa — Belarusda hatto ertagayoq muzokaralarni yuqori darajada tashkil etish mumkin," — deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.

Kiritildi: 19:10 22.08.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!