"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike murabbiylik faoliyatida uchinchi bor Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Ispaniyalik mutaxassis avval 2015 yilda "Barselona" bilan, keyin esa 2025 va 2026 yillarda "PSJ" bilan musobaqada g‘olib chiqqan.
Shu tariqa, Enrike Chempionlar ligasini uch marta yutish bo‘yicha Bob Peysli, Zinedin Zidan va Xosep Gvardiola bilan tenglashdi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord esa beshta chempionlik bilan Karlo Anchelottiga tegishli