Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Londonda rossiyalik tadbirkor hibsga olingan

Londonda rossiyalik tadbirkor hibsga olingan

Britaniya polisiyasi Londonda pul yuvishda ayblanayotgan 58 yoshli rossiyalik tadbirkorni hibsga oldi. Bu haqda The Independent gazetasi jinoyatchilikka qarshi kurash milliy agentligi bayonotiga tayanib yozmoqda.

Nashrning yozishicha, ismi oshkor etilmagan tadbirkor Londondagi uyida ushlangan.

“RIA Novosti”ning maqolaga tayanib yozishicha, tadbirkor nafaqat pul yuvishda, balki yolg‘on guvohlik berish orqali Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligini aldash uchun til biriktirganlikda ham ayblanmoqda.

Kiritildi: 20:43 03.12.2022. O'qildi: 3165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!