Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

London — yashash uchun dunyoning eng yaxshi shahri

London — yashash uchun dunyoning eng yaxshi shahri

London Resonance Consultancy konsalting kompaniyasi ekspertlari tomonidan tuzilgan “Eng yaxshi shaharlar 2020” (2020 World’s Best Cities) reytingining eng yuqori o‘rnini egalladi. To‘liq ro‘yxat kompaniya saytida e’lon qilingan.

Tahlilchilar o‘tkazgan tadqiqotlari doirasida aholisi million kishidan oshuvchi shaharlarni bir qator ko‘rsatkichlar, jumladan, iqlim, xavfsizlik darajasi, hordiq chiqarish uchun infratuzilma va diqqatga sazovor joylar mavjudligi, ta’lim muassasalari, aeroportlar, restoran va do‘konlar bilan ta’minlanganlik, o‘qimishli aholi ulushi, aholi daromadi darajasi, shaharning ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgani kabilar bo‘yicha baholashgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Londondan keyingi o‘rinlarni Nyu-York, Parij, Tokio va Moskva egallagan.

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka Dubay, Singapur, Barselona, Los-Anjeles va Rim kiritilgan.

Kiritildi: 10:45 10.01.2020. O'qildi: 2826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!