Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Lola: "Hoziroq shu ishni qiling!"

Lola: "Hoziroq shu ishni qiling!"

Xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida yangi post qoldirdi. Ushbu postda u muxlislarini shukronalik hissi bilan yashashga chorladi, deb yozmoqda Daryo.uz nashri.

«Kundalik tashvishlar sizni yeb bitirmasidan avval, to‘xtang va shunchaki hozir nimaga ega bo‘lsangiz qadrlang va hammasi uchun shukrona ayting!

Farzandlaringizni bag‘ringizga bosayotganingiz, o‘g‘lingizni ko‘tarib, xona o‘rtasida raqsga tushayotganingiz, ko‘rayotganingiz, eshitayotganingiz, sayr qilayotganingiz, kichkinaligingizda onangiz bilan pishirgan shirinligingizni pishirayotganingiz, tong otishi va kech tushishiga guvoh bo‘layotganingiz, dam olish kunlari divanda sevimli turmush o‘rtog‘ingiz bilan yonboshlab sevimli seriallaringizni ko‘rayotganingiz, kulayotganingiz, g‘amgin bo‘layotganingiz, sevib-sevilganingiz uchun shukr qiling,

To‘xtang va hammasi uchun shukrona ayting! Kimga, deysizmi? O‘zingiz ishongan hammaga: Xudoga, taqdirga, koinotga! Hoziroq shu ishni qiling!» — deb yozadi Lola Yo‘ldosheva.

Kiritildi: 15:38 11.12.2018. O'qildi: 3333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!