Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Liviyada Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Saif otib o‘ldirildi

Liviyada Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Saif otib o‘ldirildi

Liviyada Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Saif otib o‘ldirildi.

Bu haqda Reuters agentligi Qazzofiylar oilasiga yaqin manbalar va Liviya Liviya matbuotiga tayanib xabar bermoqda.

Saudiya Arabistonining Al-Hadath telekanali ma’lumotlariga ko‘ra esa, 53 yoshli Saif al-Islom Liviyaning g‘arbida joylashgan Zintan shahri yaqinida o‘ldirilgan. Ta’kidlanishicha, u o‘z bog‘ida to‘rt nafar jinoyatchi tomonidan otib ketilgan.

Reuters'ning qayd etishicha, Muammar Qazzofiyning kichik o‘g‘li Liviya siyosatida faol bo‘lgan va muhim hamda nozik diplomatik missiyalarda vositachi sifatida ishtirok etgan.

Kiritildi: Bugun 09:31. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!