Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Liverpul» «Real» yulduzini sotib olib, transfer bozorini «portlatmoqchi»

«Liverpul» «Real» yulduzini sotib olib, transfer bozorini «portlatmoqchi»

Ko‘rinishidan, Muhammad Saloh kelayotgan yozda «Liverpul»ni tark etadiganga o‘xshaydi. Mersisaydliklar allaqachon hujum chizig‘ida uning o‘rnini kim bilan to‘ldirish haqida bosh qotirishmoqda.

The Touchline nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Liverpul»ning ushbu pozisiya uchun asosiy maqsadi — «Real» sharafini himoya qilayotgan Rodrigo. Ammo «qizillar»da boshqa variantlar ham bor. Nomzodlar ro‘yxatida keyingi o‘rinni «Nyukasl»dan Entoni Gordon egallab turibdi. Shuningdek, ro‘yxatda turli texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan boshqa futbolchilar ham mavjud.

25 yoshli Rodrigo nufuzli Transfermarkt portali tomonidan 60 million yevroga baholanmoqda. 24 yoshli Gordonning transfer narxi ham xuddi shunchani tashkil etadi.

Hozirda «Liverpul» Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 21:44 17.02.2026. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!