Livan va Isroil o‘rtasida 27 noyabr kuni ertalab kuchga kirgan sulh minglab livanliklarning azobini engillashtirdi – ko‘plab qochqinlar o‘sha kuniyoq mamlakat janubidagi uylariga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, bu sulh G‘azo aholisiga yengillik keltirmadi: Isroil tinchlik muzokaralari va o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh tortishda davom etmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden G‘azoda sulh bo‘yicha muloqotni jonlantirishga harakat qilmoqda. Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivanning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar dialogni qayta boshlash uchun allaqachon Turkiya, Qatar va Misr bilan aloqaga chiqqan.
❕ Shu bilan birga, skeptiklar, shu jumladan Bayden jamoasidagilar, Livanda tinchlikka erishish G‘azoga o‘tkazilishi mumkinligiga shubha qilishadi, u erda 14 oylik mojaro davomida Isroilning bombardimonidan 44 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.