Bu haqda Litva Bosh vaziri Mindaugas Sinkevichyus fikr bildirdi.
"Konstitusiyamiz hududimizda ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirishni taqiqlaydi. Biz ushbu moddani olib tashlayapmiz. Bu biz bunday qurollarni sotib olamiz degani emas. Bu shuni anglatadiki, agar yadroviy qurolga ega fransuz suv osti kemasi Boltiqbo‘yi portiga kirsa, bunga ruxsat beriladi. Agar yadroviy qurolga ega samolyot Litva ustidan uchib o‘tsa, bu ham ruxsat etiladi. Hozirda bu taqiqlangan. Va ehtimol biz qandaydir yadroviy soyabonga qo‘shila olamiz", dedi Litva Bosh vaziri.