Rossiya tinchlikka tayyor emas va buni har kuni namoyish etmoqda.
Litva prezidenti Gitanas Nauseda bu haqda Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdi aytdi.
Litva prezidenti Ukraina, AQSh va Rossiya o‘rtasida davom etayotgan hozirgi muzokaralar jarayoniga shubha bilan qaraydi.
"Rossiya buni har kuni namoyish etmoqda, menga Rossiya tinchlikka tayyor emasdek tuyuladi va menimcha, ular tinchlik muzokaralariga tayyor emas. Ehtimol, bu 2027-28 yillarda sodir bo‘ladi, lekin 2026 yilda emas — chunki hamma narsa ular shunchaki muzokaralar jarayonini simulyasiya qilayotganini, shu bilan birga ukrainaliklarning ruhini sindirishga harakat qilayotganini ko‘rsatadi", dedi Nauseda.
Litva prezidenti shuningdek, Ukrainaning qat’iy turish qobiliyati sheriklarining yordamiga bog‘liqligini ta’kidladi.
"Bizning doimiy qo‘llab-quvvatlashimiz, tayyorligimiz va transatlantik hamkorimiz bilan birligimiz hozir juda zarur", deb xulosa qildi Nauseda.