Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Litva osmonida urib tushirilgan dronda portlovchi modda bo‘lgan

Litva osmonida urib tushirilgan dronda portlovchi modda bo‘lgan
Bu haqda Litva Mudofaa vaziri ma’lum qildi. "Litvada “Qalqon” rejasi yakunlandi. Yakuniy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz hududida qulagan dronda portlash xavfi bo‘lgan buyum topilgan. Sapyorlar uni zararsizlantirdi. Mutaxassislar uchuvchisiz qurilmani o‘rganish va tahlil qilishda davom etishadi. Biz ushbu vaziyatni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto bilan batafsil muhokama qildik. Vazir mintaqamiz xavfsizligini ta’minlashni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, biz birgalikda qabul qilingan qat’iy qarorlar va ko‘rilgan choralar uchun qiruvchi samolyot ekipajiga minnatdorlik bildirdik. NATO'ga a’zo mamlakatlar hamda barcha xizmatlarning kelishilgan harakatlari kerakli natijalarni bermoqda va xavfsizligimizni ta’minlashga yordam bermoqda", — dedi Litva Mudofaa vazirligi rahbari Robertas Kaunas. Avvalroq NATO qiruvchi samolyotlari tomonidan urib tushirilgan dron Litvaga Belarus hududidan uchib kirgani xabar qilingan edi. Keyinroq rasmiylar uchuvchisiz qurilma Italiya Harbiy-havo kuchlari samolyotlari tomonidan zararsizlantirilganiga aniqlik kiritdi.
Kiritildi: 16:01 16.09.2026. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!